AsosiyJamiyat

1 fevraldan suv hisoblagichsiz ichimlik suvidan foydalanuvchi aholiga 4 turdagi iste`mol me`yorlari qo`llaniladi

'1 fevraldan suv hisoblagichsiz ichimlik suvidan foydalanuvchi aholiga 4 turdagi iste`mol me`yorlari qo`llaniladi'ning rasmi

"O`zsuvta`minot"ning rasmiy bayonot berishicha hozirgi kunga qadar iste`molchilar ichimlik va oqova suv xizmatlaridan foydalanishida, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qariyb 200 turdan ortiq tasdiqlangan iste`mol me`yorlari mavjud edi.

Soddalashtirilgan va shaffof hisoblash tizimini joriy etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 3 yanvar kuni 3-sonli qarori qabul qilingan. Unga asosan, mavjud qoidalarga tegishli o`zgartirishlar kiritilib, me`yorlar to`liq optimallashtirilishi ta`minlangan.

Jumladan, mazkur qarorga binoan, aholi tomonidan avtotrasport vositalari, yirik qoramol, ot, qo`y-echki va parrandalar uchun avval hisoblanayotgan iste`mol me`yorlari to`liq hisobdan chiqarib tashlangan.

Natijada, joriy yilning 1 fevral kunidan boshlab respublikamizning barcha hududlarida suv hisoblagichsiz ichimlik suvidan foydalanuvchi aholi iste`molchilariga 4turdagi quyidagi iste`mol me`yorlari qo`llanilagan: 

  • ichimlik suvini ko`cha kolonkasidan tashib ichuvchilar uchun kishi boshiga kunlik 50 litr;
  • ichimlik suv tarmog`iga ulangan, suv berish jadvali asosida suv beriladigan xonadonlar uchun kishi boshiga kunlik 200 litr;
  • ichimlik suvi tarmog`iga ulangan xonadonlar uchun kishi boshiga kunlik – 350 litr;
  • suv sepish va sug`orish maydonining har 1 metr kvadrati uchun kunlik 15 litr etib belgilandi.

Shuningdek, suv hisoblagichsiz ichimlik suvidan foydalanuvchi iste`molchilarda hovuz (basseyn), mikroiqlim yoki favvora mavjud bo`lganda, ichimlik suv iste`moli hajmi ichimlik suv quvurining suv o`tkazish quvvati bo`yicha hisoblanishi ma`lum qilindi.

Bu kabi holatlarda, iste`molchilarga ichimlik suvidan hisoblagichlar orqali foydalanish tavsiya etilmoqda. Hisob-kitoblarga ko`ra, suv hisoblagichidan foydalanish ichimlik suvi xarajatlarini kamida 2 barobardan 20 barobargacha qisqartiradi. 

Suv ta`minoti va oqova suv xizmatlari borasida korrupsion holatlarga duch kelsangiz, “O`zsuvta`minot” AJ kompleans-nazorat boshqarmasining 55 kodi bilan 503-10-55 “Ishonch telefoni”ga, stopcorruption@umail.uz elektron pochtasiga va @UzsuvAnticorruptionBot telegram botiga murojaat qilish so`ralmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar