Pensiya jamg`armasi tomonidan mazkur murojaatlarni O`zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida"gi Qonunga muvofiq o`z vaqtida hamda sifatli ijro etilishi qat`i nazoratga olingani aytiladi.
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, jamg`arma "Ishonch telefoni"ga 2021 yil davomida 141 181 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 138 991 ta murojaat bo`yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan, 2 190 ta murojaat bo`yicha qo`shimcha o`rganishni talab qilganligi munosabati bilan ijro uchun qabul qilingan.
"Shuningdek, 2 190 ta yozma murojaat ham kelib tushgan. Shundan pensiya va nafaqa tayinlash masalasida 1 664 ta yoki 76,0%, pensiya va nafaqa to`lovi bo`yicha 415 ta yoki 19,0%, pensiya ta`minotiga tegishli bo`lmagan boshqa masalalar 111 ta yoki 5,0% murojaatlar hisoblanadi",-deya ma`lum qilinadi.
Qayd etilishicha, eng murojaat etgan hududlar Toshkent viloyati 18 780 ta yoki 13,3%, Toshkent shahar 16 138 ta yoki 11,4%, Samarqand viloyati 15 160 ta yoki 10,8%, Qashqadaryo viloyati 14 135 ta yoki 10,0%, Andijon viloyati 12 423 ta yoki 8,8%, Surxondaryo viloyati 10 753 ta yoki 7,7%, Farg`ona viloyati 9 546 ta yoki 6,8% ni tashkil etadi.






