"O`zgidromet" xabar berishicha, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda biroz qor yog`ishi mumkin.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechasi ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi kuzatiladi. Tuman tushishi ehtimoldan yiroq emas. Joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq, shimolda 3° sovuq, 2° iliq bo`ladi.
Shuningdek, poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarning ba`zi joylarida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.






