Tajribali yarrim himoyachi Ikrom Aliboev "Paxtakor" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aliboev erkin agent sifatida jamoamizga ko`chib o`tdi va bir yillik shartnoma imzoladi.
28 yoshli futbolchi "Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanaladi va Aliboev o`zining ilk jamoasiga qaytdi deb aytish mumkin. Ikrom hozirgacha Superligada 97 bellashuvda 11 gol muallifiga aylangan. Uch martadan O`zbekiston chempionati va Kubogi, bir bor esa O`zbekiston Superkubogida g`olib bo`lgan.
Oxirgi uch mavsumni Aliboev Janubiy Koreyada "Seul" va "Tejon Sitizen" klublarida o`tkazib, 63 uchrashuvda ishtirok etdi. Chempionlar Ligasida jami 20 bahsda maydonga tushgan






