AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda 200 000 so`mlik kupyura chiqarish rejalashtirilmoqda

'O`zbekistonda 200 000 so`mlik kupyura chiqarish rejalashtirilmoqda'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 20 yanvar kuni Markaziy banki Boshqaruvining yig`ilishi o`tkazildi. Unda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o`zgarishsiz qoldirish to`g`risida qaror qabul qilindi. 

Shuningdek, matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov O`zbekistonda muomalaga kiritilishi kutilayotgan banknota haqida ma`lumot berdi.

"Biz 2024 yilga kelib 200 ming so`mlik pulni chiqarishni rejalashtirganmiz, shu bilan birga muomaladagi naqd pulni optimallashtirishni amalga oshirmoqchimiz. Maqsadimiz naqd pulni odamlar uchun qulay to`lov vositasiga aylantirib borish", - degan Mamarizo Nurmuratov.

 

    Boshqa yangiliklar