Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilda respublika bo`yicha 39 227 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.
2021 yilda eng ko`p nikohdan ajralish holatlari Toshkent shahrida - 5,6 mingta, Farg`ona viloyatida 4,3 mingta qayd etilgan.
Har 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffisienti bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich Toshkent shahrida (2,0 promille) va Sirdaryo viloyatida (1,6 promille) kuzatildi.
Eslatib o`tamiz, 2021 yilda respublika bo`yicha 305 082 ta nikoh holatlari qayd etilgan.






