Rossiya futbol bo`yicha Evropa chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo`lga kiritish uchun o`z imkoniyatlarini ko`rib chiqmoqda. Bu haqda SE nashri xabar bermoqda.
Gap 2032 yilda o`tkaziladigan Evropa chempionati borasida ketmoqda.
Rossiya 2018 yilda Jahon chempionatiga mezbonlik qildi va FIFA tomonidan tarixdagi eng yaxshi deb topildi.
2024 yilgi Evropa chempionati Germaniya yashil maydonlarida bo`lib o`tadi. 2028 yilgi chempionat mezboni aniqlanmagan. Bu musobaqani qabul qilish uchun Turkiya, Ruminiya, Bolgariya, Gresiya va Serbiya ariza topshirmoqda.






