Kogon shahrida fuqaroga savdo va maishiy xizmat uyi qurish uchun er maydoni olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahar bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.M., fuqaro D.ning ishonchiga kirib, unga savdo va maishiy xizmat uyi qurish uchun elektron savdo maydonchasi orqali bo`sh er maydonini olib berishni va`da qilib, jami 250 mln so`mini qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
Hurmatli tadbirkorlar, qonunchilikka muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo`sh turgan er uchastkalari faqat e ijro auksion savdo maydonchasida elektron onlayn auksion orqali beriladi.
Agarda, Siz er uchastkalarini xarid qilmoqchi bo`lsangiz, new.e-auksion.uz saytiga murojaat qilishingizni so`raymiz.






