Olmaotada aksilterror operasiyasi boshlangandan beri ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganlikda gumon qilinib, 2700 dan ortiq kishi hibsga olindi.
Bu haqida shahar komendaturasi axborot markazi ma`lum qildi.
"Antiterror operasiya boshlangandan buyon noqonuniy harakatlar, talonchilik va boshqa jinoyatlarning jami 2748 nafar ishtirokchisi qo`lga olindi", — deyiladi xabarda.
Avvalroq 2601 nafar hibsga olingani haqida xabar ma`lum qilingan.






