"Everton" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi lavozimiga bir nechta nomzodlarni ko`rib chiqmoqda. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "irislar" bosh murabbiyligi uchun Frenk Lempard, Ueyn Runi, Grem Potter, Rudi Garsiya nomzodlari o`rin olgan.
Bu nomzodlar orasida Runi "Derbi Kaunti", Potter esa "Brayton" bosh murabbiyi sifatida faoliyatini olib bormoqda.
Ma`lumot uchun, "Everton" ortda qolgan 22-turdan keyin 19 ochko bilan 16-o`rinda bormoqda.






