Yig`ilishda ixtisoslashgan maktablar muallimlarini tayyorlash, malakasi va pedagogik mahoratini oshirishning uzluksiz tizimi yaratilishi ta`kidlandi. Ularga agentlikning nufuzli xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda malaka sertifikati berilishi joriy etiladi.
Mutasaddilarga joriy yil 1 avgustgacha maktablarga pedagoglarni jamlab, ularni o`qitish, milliy va xalqaro sertifikatlarni olishlarini tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, agentlikning hududiy bo`limlari tashkil etilishi ma`lum qilindi.
"Umuman, ushbu yangi tashabbuslarni amalga oshirish katta mas`uliyat talab qiladi. Sababi, 220 ta maktabga 12 mingdan ziyod muallimni tanlash va tayyorlash, 140 mingdan ortiq o`quvchini saralab olish zarur", - dedi Prezident va bu ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish uchun doimiy Ishchi guruh tuzish vazifasini qo`ydi.
Ayni paytda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar axboroti bermoqda.






