AsosiyJamiyat

Prezident ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tahlil qildi

'Prezident ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tahlil qildi'ning rasmi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev huzurida maktablarda, ayniqsa ixtisoslashtirilgan maktablarda ta`lim va tarbiya sifatini tubdan oshirish bo`yicha ustuvor vazifalarga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

 Unda Prezident ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tahlil qilar ekan, hozirgi kunda xalq ta`limi tizimida ixtisoslashgan maktablar soni 790 taga etganini ta`kidlandi. Jumladan, xorijiy tillar bo`yicha 207 ta, matematika va fizika bo`yicha 126 ta, IT bo`yicha 99 ta, kimyo-biologiya fanlari bo`yicha 87 ta maktab.

Ushbu maktablarning faqat 135 tasi to`liq ixtisoslashgan va internat maqomiga ega. Qolgan 655 ta maktabdagi 25 foiz sinflarda u yoki bu fanlar chuqur o`rgatiladi.  

"Shu bilan birga, ushbu 655 ta ixtisoslashgan maktabda ta`lim dasturi, o`quv darsliklari, o`qitish metodikasi, fan to`garaklari oddiy maktablardan deyarli farq qilmaydi.

Misol uchun, matematika yoki chet tiliga ixtisoslashgan sinflarda qolganlarga nisbatan 2 soat ko`proq maxsus fan o`tiladi, xolos", dedi davlatimiz rahbari.

    Boshqa yangiliklar