Chet tilini bilish darajasini baholash bo`yicha yanvar oyida bo`lib o`tadigan test sinovi sanalari belgilandi. Bu haqda DTM xabar berdi.
Unga ko`ra, test sinovining yozma qismi 20-yanvar kuni, gapirish ko`nikmasini baholash imtihonlari esa 21-22- va 24-yanvar kunlari o`tkaziladi.
Test sinovlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo`lib o`tadi.
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo`limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinovi o`tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so`ralmoqda.






