AsosiyJamiyat

Toshkentda beton to`siqqa urilgan "Cobalt" haydovchisi voqea joyida vafot etdi

'Toshkentda beton to`siqqa urilgan "Cobalt" haydovchisi voqea joyida vafot etdi'ning rasmi

Kecha, 16 yanvar kuni soat soat 23.00larda Yunusobod tumani TXAY ko`chasida xaydovchi - 1975 yilda tug`ilgan A.A. o`ziga tegishli bo`lgan “Kobalt” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo`qotib beton to`siqqa urilgan. 

Holat yuzasidan ma`lumot taqdim etgan poytaxt IIBB xabariga ko`ra, YTH natijasida haydovchi A.A. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan, ushbu avtomobilda yo`lovchi sifatida ketayotgan – 1976 y.t., A.U. “chap oyoq boldir bo`g`imi sinishi” tashxisi bilan 7-ShKShga yotqizilgan.  

Mazkur holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar