AsosiySport

Gvardiola ketma-ket ikkinchi oy APLda eng yaxshi murabbiy deb topildi

'Gvardiola ketma-ket ikkinchi oy APLda eng yaxshi murabbiy deb topildi'ning rasmi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning dekabr oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy manbasi xabar berdi

Qayd etilishicha, "shaharliklar" o`tgan oyda barcha 7ta uchrashuvda g`alaba qozondi. "Aston Villa" (2:1), "Uotford" (3:1), "Vulverhempton" (1:0), "Lids" (7:0), "Nyukasl" (4:0), "Lester" (6:3) va "Brentford" (1:0) jamoalarini mag`lubiyatga uchradi. 

Bu sovrin ispaniyalik mutaxassisning APLdagi 11-sovriniga aylandi. Noyar oyida ham Gvardiola tengsiz deb topilgandi. 

Gvardioladan tashqari, sovrin uchun Yurgen Klopp, Mikel Arteta va Antonio Konte ham nomzodlar ro`yxatidan joy olgandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar