Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Muborak tumanida "COBALT" avtomobilining gaz balloni portlab ketganligi bo`yicha YHXBB quyidagi ma`lumotlarni taqdim qildi.
Ushbu hodisa 2021 yilning 4 dekabr kuni soat 14:10 larda Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani, Qorabog` qishlog`ida yashovchi 1998 yilda tug`ilgan fuqaro O`.L.ning yashash uyi hovlisida turgan o`ziga tegishli bo`lgan “COBALT” rusumli avtomobilga o`rnatilgan gaz ballonida portlash sodir bo`lgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Transport vositasiga zarar etgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Muborak tuman FVB hamda IIB tergov bo`limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






