Tehronda Eron Islom Respublikasining tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va Afg`oniston “Tolibon” hukumatining tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy o`rtasida muzokaralar bo`lib o`tdi, deya yozmoqda oav.uz nashri.
Qayd etilishicha, “Tolibon” Afg`onistonda hukumat tepasiga kelganidan buyon bu Eronga ilk tashrifdir. Rasmiy Tehron keng siyosiy vakillikdan iborat afg`on hukumatini shakllantirish talabini qo`ymoqda. Ushbu talab bajarilmas ekan, Eron qo`shni mamlakatning yangi hukumatini tan olmaydi.
Uchrashuv davomida eronlik vazir AQShning Afg`onistonga nisbatan siyosatini tanqid qilib, Bayden ma`muriyati tatbiq etgan sanksiyalar bekor qilinishi kerakligini tilga olgan.






