Toshkent shahrida tadbirkordan 19 000 AQSh dollari talab qilgan shaxslar ushlandi Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.
Departament hamda DBQning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “C.L.” xususiy korxonasi rahbari T.M. va boshqalar “S.L.” korxonasining tamaki mahsulotlarini o`zlarining korxonasi nomidan O`zbekiston hududi orqali tranzit qilib yuborish evaziga korxona vakili V.dan 19 000 AQSh dollari talab qilib, aks holda yuklarni O`zbekiston hududidan ortga qaytarib yuborish va shu orqali mulkka zarar etkazish bilan qo`rqitib, talab qilingan 19 000 AQSh dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga tegishliligi bo`yicha yuborilgan.






