AsosiyJamiyat

"Omikron" bolalar va homilador ayollarda og`ir kechadi — SSV

'"Omikron" bolalar va homilador ayollarda og`ir kechadi — SSV'ning rasmi

2021 yil noyabr oyida ilk bor Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan Omicron shtammi bugunga kelib, dunyoning 130dan ziyod mamlakatiga kirib borgan. Ular orasida O`zbekiston ham bor. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Mutaxassislarning fikricha, yangi mutasiyaning avvalgi shtammlarga nisbatan yuquvchanligi ancha yuqori, biroq unga chalingan aksariyat bemorlarda kasallik engil kechib, asosan yuqori nafas yo`llarini zararlaydi. Eng asosiysi, o`lim holatlari juda kam kuzatiladi.

Biroq bu xotirjamlikka berilish kerak, degani emas. Aksincha, kuzatuvlardan shu narsa ma`lum bo`lmoqdaki, yangi shtamm bolalar va homilador ayollarda biroz og`ir kechadi. Shu sababli ularni bu kasallikdan himoya qilish, Omicronni odamlar orasida keng tarqalib ketishiga yo`l qo`ymaslik uchun ham vaksina olishga jiddiy e`tibor qaratish zarur, deyiladi SSV taqdim etgan xabarda.

Mavzuga doir:

Musulmonlar idorasi vaksina olishning hukmi haqida ma`lum qildi

 

 

    Boshqa yangiliklar