O`zbekistondagi aeroportlarda yo`lovchilar va bagajni ro`yxatga olishning yangi tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Birinchi bo`lib Namangan aeroporti mazkur tizimni joriy etishni boshladi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” kompaniyasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airports” kompaniyasi ASTRA DCS yo`lovchi va bagajni ro`yxatdan o`tkazish tizimini bosqichma-bosqich joriy qilishni boshlagan.
Ushbu tizim yordamida birinchi bo`lib ro`yxatdan o`tgan Namangan aeroporti “Ural Airlines” aviakompaniyasining Moskvaga parvoz qiladigan reysiga xizmat ko`rsatdi. Yangi ro`yxatga olish tizimi bo`yicha ikkinchi reys ham 12 yanvar kuni Namangandan Ekaterinburgga amalga oshirilgan.
“Ilgari barcha aeroportlar milliy aviakompaniyaning bitta ro`yxatdan o`tish tizimidan foydalangan. Kelajakda aeroportlarni o`zining ro`yxatga olish tizimi bo`lishiga ehtiyoj tug`ildi. O`zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportida o`z ro`yxatga olish tizimiga ega bo`lmagan yoki respublika aeroportlarida ularning tizimi o`rnatilmagan barcha aviakompaniyalari ushbu tizimga bosqichma-bosqich o`tadi”, deydi aviakompaniya boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari Javlon Umarxo`jaev.
Ma`lum qilinishicha, ASTRA DCS tizimi grafik interfeysga ega bo`lib, yo`lovchilar va yuklarni tez va qulay tarzda ro`yxatdan o`tkazish imkonini beradi.






