AsosiyDunyo

Qozog`iston: hukumat yangilandi, KXShT esa ketadi

'Qozog`iston: hukumat yangilandi, KXShT esa ketadi'ning rasmi

Alixon Smoilov Qozog`istonning yangi bosh vaziri bo`ldi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. Keyinroq Qosim-Jomart Tokaev boshqa farmon bilan yangi hukumat tarkibini tasdiqladi.  Ammo unda Tashqi ishlar, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklari rahbarlari o`z lavozimlarini saqlab qolgan.

Shu kuni Qozog`iston prezidenti vazirlar mahkamasining yangi tarkibini parlamentga taqdim etdi. Majilisda so`zga chiqqan To`qaev Qozog`istonda davlat to`ntarishiga urinish barbod bo`lganini, respublikani keng ko`lamli o`zgarishlar kutayotganini aytgan.

"Mamlakatda yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy tizim milliy daromadning umumiy o`sishini ta`minlashda etarlicha samaradorlikni ko`rsatdi.Biroq o`rnatilgan oligopoliyalar  bozorning erkin rivojlanishini jiddiy cheklab qo`ydi”, — deydi To`qaev.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Qozog`iston prezidenti yangi Hukumat tarkibi to`g`risidagi farmonni imzolagani, shuningdek, Qozog`istondan KXShT qo`shinlari 10 kun ichida chiqib ketishi haqida yozgan edik.

    Boshqa yangiliklar