AsosiyDunyo

Qozog`istondagi talato`pda qatnashishga "majburlangan" qirg`iz musiqachisi vataniga qaytdi

'Qozog`istondagi talato`pda qatnashishga "majburlangan" qirg`iz musiqachisi vataniga qaytdi'ning rasmi

Norozilik aksiyalarida ishtirok etganlikda gumonlanib, avvalroq Qozog`iston xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hibsga olingan qirg`izistonlik jaz musiqachisi Vikram Ruzaxunov o`z vataniga qaytdi, deb yozmoqda Euronews.

 Musiqachining so`zlariga ko`ra, u Olmaotada do`stinikiga tashrif buyurgan bo`lib, tartibsizliklar boshlanib, uyiga ketgan, biroq yo`lda qo`lga olingan. U  internetda tarqalgan videoni yozib olishda ayblaganini da`vo qilmoqda. 

“Menga aytishdiki, agar shunday bayonot bersangiz, ular sizga pul taklif qilishgan va siz Olma-Otaga miting o`tkazish uchun uchgan bo`lasiz",-deydi u garchi o`zi buni qilmaganligini ta`kidlab.

Shuningdek Qirg`iziston respublikasi xalq artisti ham bu holat yuzasidan munosabat bildirdi.

"Kaltaklangan musiqachi namoyishlarda qatnashishiga 200 dollar va`da qilingani uchun Olmaotaga maxsus uchib kelganini aytgan "tavba videosi" qirg`iz jamoatchiligini g`azablantirdi. Rasmiy Bishkek Nur-Sultonga norozilik notasi yubordi. Tan olamanki, Vikram ushbu videoga tushganidan beri, ehtimol, hali ham  talato`pda ishtirok etayotgab qirg`izlar bor, ular nohaqlik bilan shunday vaziyatga tushib qolishlari mumkin. Balki ular unchalik mashhur emasdir. Biz har tomonlama tekshirishni talab qilamiz",-deydi Yuliya Ruskaya.

    Boshqa yangiliklar