AsosiyJamiyat

Denovda fuqarolarni Koreyaga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Denovda fuqarolarni Koreyaga ishga yuborishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro N.N. fuqarolar U.M. va I.M.larning ishonchiga kirib, ularni tanishlari yordamida Koreya davlatiga ishga yuborish evaziga jami 4 100 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar