AsosiyDunyo

Nega tibbiy muolaja uchun Turkiyani tanlashadi?

'Nega tibbiy muolaja uchun Turkiyani tanlashadi?'ning rasmi

Ma`lum qilinishicha, Turkiya hozirda bemorlar orasida tibbiy turizm uchun eng yaxshi davlatlardan biri hisoblanadi. Sog`liqni saqlash sohasidagi rivojlanish darajasi tufayli Turkiya kasalliklarni tashxislashtirish va davolash bo`yicha eng mashhur o`nta mamlakat qatoriga kiradi.

Evropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi davlatlari Turkiyani o`zlarining yangi sog`liqni saqlash hamkori va tibbiy turizm markazi sifatida tan oladilar. Turkiya xorijlik bemorlar uchun sifatli va qimmat bo`lmagan tibbiy sayohat paketlarini taklif etadi.

Tibbiy sayohat paketlari davolash va sog`lomlashtirish, kurort va termal turizm markazlari bilan besh yulduzli mehmonxonalarni o`zaro uyg`unlashtirgan holda shakllantiriladi hamda bu paketlar bemorlarning davolanishi bilan bog`liq barcha jihatlarni o`z ichiga oladi.

 Dunyo bo`ylab bemorlar onkologiya, neyroxirurgiya, yurak-qon tomir xirurgiyasi, KBB, oftalmologiya, neyroxirurgiya, pediatriya va dermatologiya bo`limlarida tibbiy yordam olishadi. So`nggi yillarda Turkiya Hindiston, Tailand va Malayziya kabi dunyoning eng yuqori reytingga ega bo`lgan mamlakatlariga teng tibbiy yordam ko`rsatishni isbotladi.

    Boshqa yangiliklar