Koronavirusga qarshi vaksinaning 2022 yilgi ilk yarim million dozalik partiyasi yurtimizga olib kelindi, deya xabar bermoqda SSVQ Matbuot xizmati.
Xabarga ko`ra, bugun O`zbekistonga 500 400 doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Bu 2022 yil hisobidan keltirilgan ilk vaksinadir.
Shunday qilib, O`zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 49 536 768 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
-2 404 480 dozasi AstraZeneca;
-37 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
-1 341 790 dozasi "Sputnik V";
-3 500 460 dozasi Moderna;
-2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;
-1 976 000 dozasi Sinovac;
- 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.
Shundan qariyb 40 million dozasi emlash jarayonlarida qo`llanildi.






