AsosiyJamiyat

Qishki ta`til uzaytirilgani o`qituvchilarning maoshiga ta`sir qilmaydimi? Vazirlik javob berdi

'Qishki ta`til uzaytirilgani o`qituvchilarning maoshiga ta`sir qilmaydimi? Vazirlik javob berdi'ning rasmi

Kuni kecha Xalq ta`limi vazirligi tomonidan qishki ta`til kunlari uzaytirilganligi haqidagi xabardan so`ng o`qituvchi va ota-onalardan ko`plab savollar yo`llandi. Xalq ta`limi vazirligi Matbuot xizmtai bugun kun davomida ana shu savollarga javob berib borilishini ma`lum qilmoqda. 

 Qishki ta`til kunlarini 24 yanvarga qadar uzaytirilgani o`qituvchilarning oylik maoshiga ta`sir qilmaydimi?  

"Umumta`lim muassasalari o`quvchilari uchun beriladigan qo`shimcha ta`til kunlari davomida xalq ta`limi tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi to`lovlari saqlangan holda to`lab boriladi, ya`ni oylik maoshga ta`sir qilmaydi", - deyiladi rasmiy javobda. 

    Boshqa yangiliklar