IBF tashkiloti professional boksning ikkinchi yarim engil (55,34 kg) vazn toifasida WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliev (10-0, 7 KO) va majburiy da`vogar filippinlik Marlon Taralesga (35-3, 18 KO) qarshi jangga buyruq berdi va muzokaralar olib borish uchun 2 fevralga qadar muddat belgiladi.
Tomonlar o`zaro kelishuvga erishmagan taqdirda, jangni tashkil qilish uchun ochiq promouterlik savdosi o`tkaziladi.
Sobiq WBO chempioni hisoblangan Tapales o`tgan yil yakunida yaponiyalik Hiroaki Teshigavani 7-raundda nokautga uchratgan holda g`alaba qozonib, majburiy da`vogarlik maqomini qo`lga kiritgandi. Filippinlik bokschi oldinroq Murodjon Ahmadaliev mag`lub etgan Ryosuke Ivasaga IBF vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jangda yutqazgan.






