- daromadi yuqori bo`lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo`yicha subsidiyalarni to`lashda kvartira maydonining eng ko`p me`yorini belgilash amaliyoti bekor qilingan;
- dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qat`iy belgilangan 32 million so`m miqdorida, foiz to`lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 foizdan oshgan qismiga to`lanadi;
- subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko`p miqdoridan oshgan taqdirda ham to`lanadi. Bunda, kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko`p miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o`z mablag`lari hisobidan to`lanadi;
- fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo`lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqiga ega.






