"O`zbekneftgaz” AJ tomonidan avtobenzin taqchilligi oldini olish, iste`molchilar talab va takliflariga binoan narxlarning arzonlashtirilishi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi yo`lga qo`yilgan bo`lib, bu boradagi o`zgarishlar eng avvalo Jamiyat Matbuot xizmati va OAV orqali rasman ommaga etkaziladi.
Ta`kidlash kerakki, “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining topshirig`iga asosan, “Ishchi guruh”lari tuzilib, neft mahsulotlarining iste`molchilarga etkazib berilishi to`liq nazoratga olingan.
Benzin taqchilligini oldini olish va uning narxlarini arzonlashtirish borasida “O`zbekneftgaz” AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi va “Tovar xomashyo birjasi” AJ hamkorligida chora-tadbirlar bajarilmoqda.
Bugungi kunda birja savdolari orqali savdoga chiqarilayotgan avtobenzin sotib olinib, iste`molchiga etkazib berilgunga qadar (soliq, rentabellik, transport xarajatlari va boshqa xarajatlar) 6700 so`mni tashkil etmoqda.
Xarajatlarni kamaytirish borasida qilinayotgan ishlarning samarasi o`laroq, bugungi kunda “O`zbekneftgaz” AJga qarashli “UNG Petro” korxonasi AYoQShlarida 6500 so`mdan sotib kelinmoqda. Respublika hududidagi “O`zbekneftgaz” AJning barcha AYoQShlarda benzin shu belgilangan narxda sotilishi ta`minmoqda.






