AsosiyJamiyat

"Adolat manzili": prokuratura organlarining 30 yilligiga bag`ishlab ishlangan film telekanallarda namoyish etiladi (efir vaqtlari)

'"Adolat manzili": prokuratura organlarining 30 yilligiga bag`ishlab ishlangan film telekanallarda namoyish etiladi (efir vaqtlari)'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan "Adolat manzili" filmi yaratildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Bosh prokuratura bilan hamkorlikda “Spectre” kinostudiyasi tomonidan "Adolat manzili" nomli hujjatli film suratga olindi.

Mazkur kinokartina prokuratura organlarining 30 yilligiga bag`ishlanadi. Unda mazkur soha xodimlarining mashaqqatli mehnati, kasbiy faoliyati yoritilgan.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Furqat Usmonov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova.

Bugun, 8 yanvar - O`zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan yurtimiz telekanallarida filmning ilk namoyishlari bo`lib o`tadi.

Efir vaqtlari:

Sevimli - 16:20
Milliy TV - 18:50
Zo'r TV - 19:00
Mening yurtim - 19:15
O'zbekiston 24 - 20:15
Renessans TV - 20:30
UzReport TV - 21:00

Efir vaqti texnik sabablarga ko`ra o`zgarish ehtimoli mavjud.

    Boshqa yangiliklar