Baxtli hayotning eng muhim mezoni nima? Albatta, salomatlik. Prezidentimiz inson qadrini yuksaltirish borasidagi islohotlarni tibbiyot sohasidan boshlaganining sababi shunda.
Ammo xalqimiz sog`liqni saqlash tizimidan to`laqonli rozi bo`lishi uchun hali ko`p yangilanishlarga ehtiyoj bor. Buning uchun yangi g`oyalar, ilg`or takliflar va kreativ yondashuvlar zarur.
Davlatimiz rahbari buni soha vakillaridan kutyapti. Shunday ekan, sog`liqni saqlash tizimi fidoyi va jonkuyarlari bu imkoniyatdan unumli foydalanishlari zarur. Shunday bo`lyapti ham!
Prezidentimizning tibbiyot xodimlari bilan bo`lib o`tadigan ochiq muloqotiga shu kungacha 1295 qisqa raqamli “Sall-markaz” hamda ijtimoiy tarmoqlarda ochilgan alohida elektron manzillar orqali 8804 ta murojaat kelib tushgani so`zimiz tasdig`idir.
Shundan:
- 47 foizini — soha rivojiga qaratilgan takliflar,
- 33 foizini — e`tiroz va murojaatlar,
- 20 foizini — individual masalalar tashkil etmoqda.
Xususan, murojaatlarning:
✅ 3213 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`ini,
✅ 499 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyati,
✅ 260 tasi tez tibbiy yordam xizmati,
✅ 169 tasi sanitariya-epidemiologiya xizmati,
✅ 160 tasi oliy tibbiy ta`limga daxldor masalalardir.






