AsosiyJamiyat

Denovdagi portlash oqibatida etgan zarar miqdori aniq bo`ldi

'Denovdagi portlash oqibatida etgan zarar miqdori aniq bo`ldi'ning rasmi

AOKAda 8 yanvar kuni bo`lib o`tgan brifingda FVV Davlat yong`in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig`i, polkovnik O`lmas Muzaffarov Denov shahrida joylashgan Indenim savdo majmuasi binosidagi portlash oqibatida qancha zarar etgani ma`lum qildi.

Muzaffarovning qayd etishicha, hodisa oqibatida 2 kishi vafot etgan, 9 nafari turli darajadagi tan jarohati olgan.

140 ta turar joyga, ya`ni 76 ta hovli-uy, 5 ta ko`p qavatli uyning 64 ta xonadoni, 86 ta noturar joy, umumiy hisobda 226 ta imoratga ziyon etgan. Talafot ko`rgan 25 ta bino, jumladan, 13 ta turar va 12 ta noturar joy yaroqsiz holga kelgan. Boshqarma boshlig`ining so`zlariga ko`ra, hukumat komissiyasi tomonidan yaroqsiz deb topilgan 13 ta xonadon egalari boshqa joyga ko`chirilib, joyidan yangidan uy-joy qurish bo`yicha pudratchilar biriktirilgan va qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Ta`mirtalab 69 ta turar joy binolariga, jumladan, 64 ta hovli-uy va 5 ta ko`p qavatli uyning 64 ta xonadoni tartibga keltirish maqsadida pudratchilar jalb qilinib, ta`mirlash-tiklash ishlari bajarilmoqda. Ta`mirtalab 60 ta noturar joy binolarida tadbirkorlar tomonidan ta`mirlash va qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan hodisa oqibatida etkazilgan zarar miqdori hisoblab chiqilgan.

226 ta ko`chmas mulk ob`ektiga etkazilgan zarar miqdori 22,6 milliard so`mga baholangan. Shundan majmuaga etkazilgan zarar miqdori 14,4 milliard so`mni tashkil etmoqda.

Etkazilgan zararni qoplash ishlari Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilayotgani aytib o`tildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar