AsosiyJamiyat

Yozyovonda “Lasetti” haydovchisi urib yuborgan velosipedchi hodisa joyida vafot etdi

'Yozyovonda “Lasetti” haydovchisi urib yuborgan velosipedchi hodisa joyida vafot etdi'ning rasmi

7 yanvar kuni A.J boshqaruvida bo`lgan “Lasetti” rusumli avtomashinasini Suvliariq mahallasi hududida boshqarib ketayotib, velosipedchi E.A.ni urib yuborishi oqibatida, E.A tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Farg`ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi haydovchilarni hushyorlikka chaqirib, yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga amal qilinmasa, ko`ngilsiz holatlar sodir bo`lishi mumkinligini eslatmoqda. 

                

 

    Boshqa yangiliklar