AsosiyJamiyat

AI-80 markali benzinning birjadagi narxi 6,3% ga pasaydi

'AI-80 markali benzinning birjadagi narxi 6,3% ga pasaydi'ning rasmi

O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasida 8 yanvar kuni ertalabki sessiyada o`tkazilgan birja savdo natijalariga ko`ra AI-80 markali avtomobil benzinining narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 7 474,4 ming so`mni tashkil qildi. Bu avvalgi kunga, ya`ni 7 yanvarga nisbatan 6,3% ga kamdir.

AI-80 markali avtomobil benzinning birjadagi narxi litrga o`tkazilganda mahsulotning bir litri tahminan 5700 so`mni tashkil qiladi.

Ayni paytda birja savdolariga AI-80 markali avtomobil benzini sotuvchi korxonalar tomonidan barqaror ravishda birja savdolariga qo`yib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar