AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda aka-uka ulardan qarz olgan erkakni pichoqlab o`ldirdi

'Qashqadaryoda aka-uka ulardan qarz olgan erkakni pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Joriy yil 5 yanvar kuni soat 13-20larda Shahrisabz tumani “Loliston” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi F.Sh. va akasi F.M.lar tanishi Shahrisabz shahar, Kulolik MFYda yashovchi R.Z. bilan Shahrisabz shahar “Oqsaroy” MFYda joylashgan ustaxona oldida ilgaridan o`rtalarida bo`lgan qarz munosabatlari yuzasidan kelib chiqqan adovat tufayli janjallashib qoladi.

Ma`lum bo`lishicha,  Z.R Sh.F.ga qarzini qaytarib berishini aytib, uni turli so`zlar bilan haqorat qilib, o`zaro tortishib qolishgan. Sh.F.ning jahli chiqib, uni o`ldirish maqsadida ustaxonada bo`lgan temir quvur va pichoq olib, Z.R.ni orqasidan quvib borib temir quvur bilan uni urib yiqitgan. Z.R. o`zini himoya qilish maqsadida yonida bo`lgn pichog`ini qo`liga olgan vaqtida Sh.F. temir quvur bilan Z.R.ning qo`liga urgani sababli pichoq erga tushib ketgan.

Sh.F. va Z.R.ning janjalini kuzatib turgan Sh.F.ning akasi M.F. o`zi ishlayotgan ustaxonasidan yog`och kaltakni olib, janjal bo`layotgan joyga etib kelib Z.R.ning bosh sohasiga bir necha marotaba qo`lida bo`lgan yog`ooch kaltak bilan qasddan urgan.

Shu vaqtda Sh.F. erda yotgan pichoqni olib Z.R.ning chap ko`krak yon sohasiga va ko`krak o`ng yon sohasiga ikki marotaba sanchib olgan. Ushbu pichoq dastasi va tig`i orqasidan sinib ketganligi bois o`zining jinoiy harakatlarini oxiriga qadar etkazish maqsadida o`zining yonida bo`lgan pichoq bilan erga qarab yotib qolgan Z.Raxmonovning orqa ko`krak sohasiga 8 marotaba pichoq sanchib, qasddan o`ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar