7 yanvar kuni soat 10:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko`chasida:
1) haydovchi, 1998 yilda tug`ilgan F.M. boshqaruvidagi "Malibu" rusumli;
2) haydovchi, 1988 yilda tug`ilgan I.P. boshqaruvidagi "Spark" rusumli;
3) haydovchi, 1983 yilda tug`ilgan D.A. boshqaruvida bo`lgan yana bir "Spark" rusumli avtomobillar ishtirokida YTH sodir bo`lgan.
To`qnashuv natijasida haydovchi I.P. boshqaruvida bo`lgan "Spark" avtomobili yo`lovchisiga tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, 2022 yil 7 yanvar kuni Chilonzor tumanida, Chilonzor ko`prigi ustida 5 ta avtomobil ishtirokida sodir bo`lgan YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.






