Hukumat tegishli qarori ko`ra, quyidagi xizmatlar Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`linmalari (vakolatli organ) va davlat xizmatlari markazlari bilan bir qatorda onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi:
O`zbekiston fuqarosi, O`zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tomonidan identifikasiyalovchi ID-kartasini olish uchun murojaat qilish bo`yicha davlat xizmati;
O`zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo`lmagan shaxslar va O`zbekiston fuqarolari tomonidan fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qilish bo`yicha davlat xizmati ko`rsatish.
Shunga ko`ra, murojaat etuvchi ID-karta olish uchun elektron so`rovnoma to`ldiradi.
Vakolatli organ so`rovnomaga kiritilgan ma`lumotlarning haqqoniyligini tekshirib, ular to`g`ri bo`lgan taqdirda murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboradi.
Fuqaro 3 ish kuni ichida belgilangan miqdorda davlat boji to`laydi.
To`lov amalga oshirilib, ID-kartani olish yuzasidan tegishli xabarnomani olgach, 3 ish kuni ichida tegishli hujjatlarni vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etadi.
Vakolatli organ tomonidan talabnoma shakllantirilgandan so`ng murojaat etuvchiga 1 ish kunida ID-karta rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.






