AsosiyJamiyat

​SSV: Ochiq muloqotga yo`llangan murojaatlar soni 8242 taga etdi

'​SSV: Ochiq muloqotga yo`llangan murojaatlar soni 8242 taga etdi'ning rasmi

O`zbekistonda “Inson qadri uchun” tamoyili — amalda. Islohotlar, eng avvalo, ana shu ezgu g`oyani ro`bga chiqarishga qaratilyapti. Buning amaliy natijalari tibbiyotimizda ham aks etishi zarur. Shundagina sog`liqni saqlash sohasi chinakam xalqchil tizimga aylanadi.

Prezidentimiz tibbiyot xodimlari bilan bo`lib o`tadigan ochiq muloqotda shifokoru hamshiralar, farmasevt va sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillarining bu boradagi takliflarini eshitmoqchi.

Hozir ushbu tadbirga qizg`in tayyorgarlik ko`rilmoqda. 1295 qisqa raqamli “Sall-markaz”, Tahlil, ijro va nazorat guruhi hamda Media markazni o`z ichiga olgan shtab faoliyat olib boryapti. Ijtimoiy tarmoqlarda alohida elektron manzillar ochilgan.

Ushbu platformalar orqali shu kungacha ochiq muloqotga yo`llangan murojaatlar soni 8242 tani tashkil etdi.

 

Ularning:

  •  45 foizi —  soha rivojiga qaratilgan takliflar,
  •  34 foizi —  e`tiroz va murojaatlar,
  •  21 foizi — individual murojaatlardan iborat

Jumladan, murojaatlarning:

✅ 2948 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`ini,

✅ 485 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyati,

✅ 50 tasi tez tibbiy yordam xizmati,

✅ 159 tasi sanitariya-epidemiologiya xizmati,

✅ 152 tasi oliy tibbiy ta`limga daxldor masalalardir.

 Hududlar kesimida:

  •  Toshkent shahridan — 1048 ta,
  •  Namangan viloyatidan — 828 ta,
  •  Samarqand viloyatidan — 511 ta, ya`ni eng ko`p murojaat yo`llangan.

 

 

    Boshqa yangiliklar