Qiz qal`asi haqida turli xil afsona va rivoyatlar mavjud bo`lib, u Istanbul bo`g`ozining Marmara dengiziga tutashgan kichik orolcha ustiga qurilgan imoratdir.
Uskudar tumanining belgisi bo`lib ulgurgan qal`a Uskudarda Vizantiya davridan qolgan yagona yodgorlikdir. Uning qurilishi miloddan avvalgi 24 yillarga borib taqaladi va u Qora dengizning Marmara dengizi bilan tutashgan erida barpo etilgan.
Qiz qal`asi Istanbul bosib olinishidan avval ham mavjud bo`lgan. Shu bilan birga Uskudar shaharchasida vizantiyaliklardan qolgan yagona yodgorlik ham Qiz qal`asidir. Uning bo`yi o`n sakkiz metr va u besh qavatdan tashkil topgan. Qiz qal`asi shu kunga qadar turli maqsadlarda foydalanilgan.
U bir muddat qamoqxona vazifasida ham qo`llanilgan. Qal`aning yonidagi uzoqni yorituvchi fonarlar har uch soniyada bir to`rt kilometr uzoqlikdan ko`rinadigan shaklda yoritadi.
1719 yilda yong`in tufayli yo`q qilingan Qiz qal`asi, bosh vazir Nevshehirlik Damat Ibrohim Poshsho tomonidan qayta ta`mir qilingan.
Hozirda Qiz qal`asi Turkiya turizmida o`ziga xos o`ringa ega bo`lib, sayyohlar tashrif buyuruvchi asosiy go`shalardan biriga aylangan.






