AsosiyDunyo

To`qaev Qozog`istondagi antiterror harakatlari qachongacha davom etishi haqida gapirdi

'To`qaev Qozog`istondagi antiterror harakatlari qachongacha davom etishi haqida gapirdi'ning rasmi

Qozog`istonda terrorga qarshi harakatlar jangarilar to`liq yo`q qilinmaguncha davom ettirilishi kerak. Bu haqda mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To`qaev bugun, 7 yanvar kuni o`tkazilgan yig`ilishda gapirdi. 

Yig`ilishda mamlakatdagi tezkor vaziyat, antiterror operasiyasining borishi, hududlardagi vaziyat muhokama qilingan. 

“Antiterror operasiyasi boshlandi. Huquqni muhofaza qilish organlari qizg`in ishlamoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida asosan konstitusiyaviy tuzum tiklandi. Mahalliy hokimiyat idoralari vaziyatni nazorat qilmoqda. Ammo terrorchilar qurol ishlatishda va fuqarolarning mulkiga zarar etkazishda davom etmoqda. Shu bois, terrorga qarshi harakatlar jangarilar to`liq yo`q qilinmaguncha davom ettirilishi kerak”, degan Qosim-Jomart To`qaev. 

Yig`ilishda ta`kidlanishicha, KXShT birlashgan tinchlikparvar kontingenti bo`linmalari tartibni tiklashga yordam berish uchun Qozog`istonga kela boshlagan. Ushbu kontingent cheklangan vaqtga asosan strategik ob`ektlar xavfsizligini ta`minlash va himoya qilish funksiyalarini bajarish uchun kelgan.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Qozog`istonda 3 mingdan ortiq odam qo`lga olingan, 26 nafar qurolli jinoyatchi o`ldirilgan, yana 18 nafar jinoyatchi yaralangan.

    Boshqa yangiliklar