AsosiyJamiyat

"Cobalt"ni suvda suzganini ko`rganmisiz?". Vobkentdagi kanalga tushib ketgan avtomobil haqida ma`lumot berildi

'"Cobalt"ni suvda suzganini ko`rganmisiz?".  Vobkentdagi kanalga tushib ketgan avtomobil haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Vobkent tumanida "Cobalt" avtomobili kanalga tushib ketganligi bo`yicha ma`lumot be`rildi. 

️2021 yil 26 dekabr kuni, Buxoro viloyati, Vobkent tumani FVBga kelib tushgan xabarga ko`ra, shu kuni soat 07:00 larda haydovchi, 1997 yilda tug`ilgan N.I. "Cobalt" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, rul boshkaruvini yo`qotishi oqibatida tuman hududidan o`tuvchi "Shoxrud" kanaliga tushib ketgan.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lgan fuqarolar yo`q.  

️Voqea joyiga zudlik bilan tuman FV bo`limi qutqaruvchilari va tegishli xizmat xodimlari etib kelgan. Maxsus texnika yordamida transport vositasi kanaldan olib chiqilgan.

    Boshqa yangiliklar