2021 yilning avgust oyida Qarshi shahrida sport ustasi Elbek Rahimov o`ldirib ketilgan edi.
Bugun, 6 yanvar kuni, Qashqadaryo viloyat sudida sudlanuvchilar T. Aliev va boshqalar (jami 26 shaxs) ga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud boshlandi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati ma`lum qildi.
Ushbu jinoyat ishi Qashqadaryo viloyat sudi sudyasi F. Yusupov raisligida ko`rilmoqda.
Sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 97, 28,104, 104, 105, 109, 127, 28,137, 137, 169, 210, 28,211, 230, 238, 241-1, 28,277 va 277 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Sud jarayoni davom etmoqda.






