Bu haqda “Uzbekistan Airways” xabar bermoqda.
8 yanvardan 13 yanvargacha rejalashtirilgan HY761/762/763/764 Toshkent-Olmaota-Toshkent, HY767/768 Samarqand-Olmaota-Samarqand, HY9729/9730 Nukus-Aktobe-Nukus, HY9725/9726 Urganch-Oqtov-Urganch, HY9727/9728 Nukus-Oqtov-Nukus yo`nalishlari bo`yicha aviaqatnovlari etib boradigan aeroportlarning texnik sabablariga ko`ra bekor qilindi.
"Olmaota va Aktobe, Oqtovga bekor bo`lgan parvozlar yo`lovchilari aviachiptalarining to`liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar" deyiladi xabarda.






