AsosiyJamiyat

​Ochiq muloqot: Eng ko`p murojaat Toshkent shahri hamda Namangan va Samarqand viloyatlaridan kelib tushgan

'​Ochiq muloqot: Eng ko`p murojaat Toshkent shahri hamda  Namangan va Samarqand viloyatlaridan kelib tushgan'ning rasmi

Bugun O`zbekistonda ochiqlik siyosati yuritilmoqda. Barcha sohalarda shaffoflikni ta`minlash choralari ko`rilyapti. Eng asosiysi, bu jarayonda quyidan chiqayotgan taklif va tashabbuslarga keng o`rin berilib, ularni qo`llab-quvvatga alohida e`tibor qaratilayotir.

Prezidentimizning sog`liqni saqlash tizimi xodimlari bilan bo`lib o`tadigan “O`zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusidagi ochiq muloqoti ham ayni shu maqsadni ko`zda tutadi.

 Hozir ushbu muhim tadbir oldidan soha vakillarining tibbiyotimizdagi muammolar va ularning echimlariga doir g`oya va takliflari qabul qilinmqda. O`z navbatida, joylarda tizim rivojiga to`siq bo`layotgan og`riqli masalalarga ham echim topilyapti.

 Jumladan, shu kungacha ochiq muloqotga yo`llangan jami murojaatlar soni 7686 taga etdi . Ular 1295 qisqa raqamli “Sall-markaz” hamda ijtimoiy tarmoqlarda ochilgan alohida elektron manzillar orqali qabul qilingan.

Ularning:

  •  63 foizi —  soha rivojiga qaratilgan takliflar,
  •  27 foizi — hal etilgan murojaatlar,
  •  10 foizi — ijro jarayonidagi muammoli masalalardir.

Xususan, murojaatlarning:

✅ 2739 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`ini,

✅ 464 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyati,

✅ 234 tasi tez tibbiy yordam xizmati,

✅ 145 tasi sanitariya-epidemiologiya xizmati,

✅ 141 tasi oliy tibbiy ta`limga daxldor masalalardir.

 Hududlar kesimida:

  •  Toshkent shahridan — 1037 ta,
  •  Namangan viloyatidan — 775 ta,
  •  Samarqand viloyatidan — 498 ta, ya`ni eng ko`p murojaat yo`llangan.

 

    Boshqa yangiliklar