AsosiyJinoyat

Farg`onada uy egalarini skotchlab qimmatbaho narsalarni o`margan bosqinchilar qo`lga olindi

'Farg`onada uy egalarini skotchlab qimmatbaho narsalarni o`margan bosqinchilar qo`lga olindi'ning rasmi

5 yanvar kuni soat 21:30 larda uch nafar R.S., S.S va I.B. ismli shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo`lgan holda o`zganing mol-mulkini bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida, niqoblangan holda, pichoq va skotch bilan qurollanib Istiqlol MFYda yashovchi X.M (ayol)ning yashash xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda kirishigan. Ayol va uning voyaga etmagan qiziga oshxona pichog`i bilan xujum qilib, ularni tanasining turli joylariga qo`llari bilan urib, hayot yoki sog`lik uchun xavfli bo`lgan zo`rlik ishlatib, qo`l, oyoq va og`iz sohalarini skotchlab, X.M.ning narhi 3.000.000 so`mlik bir juft tilla-taqinchoqlarini talon-toroj qilib, hodisa joyidan qochib yashirinayotgan vaqtida, Farg`ona viloyati IIB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan R.S., S.S va B.I.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.

    Boshqa yangiliklar