AsosiyJinoyat

Sirdaryoda tadbirkordan 10 mln so`m talab qilgan mutaxassis ushlandi

'Sirdaryoda tadbirkordan 10 mln so`m talab qilgan mutaxassis ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo tumani bo`limlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tadbir  o`tkazildi. 

Unda “K.U.” boshqaruv servis korxonasi mutaxassisi Sh.A. Guliston shahar “Yangi hayot” mahallasidagi ko`p qavatli uylar oldidagi umumiy maydonini ta`mirlash ishlarini nazorat o`lchovidan o`tkazishda aniqlangan kamchiliklarni ko`rsatmaslik va amalga oshirilgan ishlarni 45 mln so`mga oshirib ko`rsatish evaziga “K.S.” MChJ ish boshqaruvchisi R.dan 10 mln so`m talab qilib, shundan 5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar