AsosiyDunyo

BMT Qozog`istondagi vaziyatga izoh berdi

'BMT Qozog`istondagi vaziyatga izoh berdi'ning rasmi

BMT Qozog`istondagi vaziyatni xavotir bilan kuzatib bormoqda, muhimi, barcha tomonlar zo`ravonlikdan tiyilishi kerak, dedi BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik brifingda. Bu haqda O`z A xabar bermoqda.

"Biz Qozog`istonda yuzaga kelgan vaziyatni xavotir bilan kuzatib turibmiz. Eng muhimi, ushbu voqealarga aloqasi bo`lgan barcha tomonlar o`zlarini tiyib, zo`ravonliklarga yo`l qo`ymasin va barcha muammolarni hal qilish uchun muloqot yo`lini qo`llab-quvvatlasin", – dedi Dyujarrik.

Qozog`istondagi BMT xodimlariga hozircha tahdidlar yo`q, dedi BMT bosh kotibining rasmiy vakili. 

"Bizning Qozog`istonda vakolatxonamiz bor. Xodimlarimiz bilan bog`landik. Ularning xavfsizligiga, hayoti va ishlashiga tahdidlar yo`q", – dedi Dyujarrik brifingda.

    Boshqa yangiliklar