AsosiyJamiyat

Qozog`istonda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolaridan vaqtinchalik cheklovlarga rioya qilishi so`raladi — TIV

'Qozog`istonda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolaridan vaqtinchalik cheklovlarga rioya qilishi so`raladi — TIV'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining ma`lum qilishicha, mamlakatimizning Qozog`istondagi elchixonasi va bosh konsulxonalari ushbu mamlakat hududidagi O`zbekiston fuqarolari, shu jumladan talabalar bilan doimiy aloqada bo`lib turibdi.

O`zbekistonning Qozog`istondagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda. Zarur holatlarda O`zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko`rsatilmoqda.

Shu bilan birga, Qozog`istonning ayrim hududlarida favqulodda holat e`lon qilinishi munosabati bilan mazkur mamlakatda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolaridan joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlarga rioya qilishlarini so`raladi.

Zarurat tug`ilganda, hamyurtlarimiz istalgan vaqtda O`zbekiston Respublikasining Nur-Sulton (telefon: +77710203673), Olma-ota (telefon: +77779504433) va Aqtau (telefon: +77775990051) shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar