AsosiyJinoyat

Chortoqda tadbirkorning 164,5 mln so`mini o`zlashtirgan korxona rahbarining kirdikorlari fosh bo`ldi

'Chortoqda tadbirkorning 164,5 mln so`mini o`zlashtirgan korxona rahbarining kirdikorlari fosh bo`ldi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chortoq tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.L.” xususiy korxonasi “A.E.” MChJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan MChJga mineral o`g`it etkazib bermasdan tadbirkorning 164,5 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar