AsosiyJamiyat

SSV: Ochiq muloqotga yo`llangan murojaatlar soni 7200 dan oshdi. Ularning katta qismi takliflardan iborat

'SSV: Ochiq muloqotga yo`llangan murojaatlar soni 7200 dan oshdi. Ularning katta qismi takliflardan iborat'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev sog`liqni saqlash tizimi xodimlari bilan “O`zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusida ochiq muloqot o`tkazishi rejalashtirilayotganidan xabaringiz bor.

Ayni paytda ushbu tadbir oldidan olimlar, shifokorlar, hamshiralar, farmasevtlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillarining g`oya va takliflari, murojaatlari qabul qilinmoqda.  

Xususan, shu kungacha ochiq muloqotga 1295 qisqa raqamli “Sall-markaz” hamda ijtimoiy tarmoqlarda ochilgan alohida elektron manzillar orqali yo`llangan murojaatlar soni 7218 taga etdi.  

Ularning:

  • 63 foizi —  soha rivojiga qaratilgan takliflar,
  • 28 foizi — hal etilgan murojaatlar,
  • 9 foizi — ijro jarayonidagi muammoli masalalardir.  

Jumladan, murojaatlarning:  

  • 2953 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`ini,
  • 414 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyati,  
  • 224 tasi tez tibbiy yordam xizmati,
  • 132 tasi oliy tibbiy ta`limga daxldordir.

 

Kelib tushgan murojaatlar orasida sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini takomillashtirishga doir takliflar ham bor.  

Masalan, sanitariya-epidemiologiya xizmatining tuman (shahar) bo`limlari xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakilni xabardor qilish tartibida o`tkazilayotgan tekshiruvlar natijalari Yagona elektron tizimga kiritib boriladi.  

Bu vazifa faqat hududiy boshqarmalar tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Biroq tekshiruvlar soni ko`p bo`lganligi tufayli jarayonning kechikishi bilan bog`liq muammolar yuzaga kelyapti.  

Ochiq muloqotga yo`llangan murojaatlardan birida ushbu vakolatni sanitariya-epidemiologiya xizmatining tuman (shahar) bo`limlariga berish taklifi ilgari surilgan. O`z navbatida, bu tadbirkorlik sub`ektlarida o`tkaziladigan tekshiruvlarda qonunbuzilish holatlari oldi olinishiga xizmat qilishi qayd etilgan.  

Hududlar kesimida eng ko`p murojaatlar Toshkent shahri (1021 ta), Namangan (664 ta) va Samarqand (487 ta) viloyatlariga to`g`ri kelmoqda.  

    Boshqa yangiliklar